KARTOSHKA FITOFTOROZI
Keywords:
fitoftoroz, kartoshka, o`simlikAbstract
Kartoshkani fitoftorozini Phytophtora infestans oomitset zamburug‘i qo‘zg‘atadi. Qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ rangsiz, bir hujayrali, ko‘p yadroli endofit tana hosil qilib, ko‘plab jinssiz sporalar – zoosporangiylar hosil qiladi. Oosporalar – ya’ni jinsiy sporalar faqat kartoshkani vatani bo‘lgan Meksikada uchraydi, ammo keyingi ma’lumotlarga qaraganda bir qancha Yevropa mamlakatlarida ham oosporalar hosil bo‘lishi aniqlangan. Qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ning biologik xususiyatlaridan biri – uning fiziologik irqlarini va populyatsiyalarini juda ham ko‘pligidir. Ushbu fiziologik irqlari va populyatsiyalari o‘zining parazitlik xususiyatlari, inkubatsion davri davomiyligi, patogenligi (kasallikni tug‘dirish qobiliyati), agressivligi, virulentligi hamda sporalar hosil qilish darajalari bilan bir-biridan keskin farq qiladi.