ALISHER NAVOIYNING EPIZODIK OBRAZLAR YARATISH MAHORATI
Abstract
Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonini yozishni boshlaganida: “Ani nazm etki, tarhing toza bo’lg’ay, / Ulusqa mayli beandoza bo’lg’ay”, - deb yangi tarhdagi asarni yozishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi. Shoir majoziy ishq qissasini irfoniy ishq qissasiga aylantirar ekan, bosh va epizodik obrazlarga muayyan bir vazifani yukladi. Nizomiy, Dehlaviy, Ashraf Marog’iy, Orif Ardabiliy kabi salaflarining asarlaridagi obrazlarni yangi qiyofada o’quvchilarga taqdim qildi. O’zi ham majoziy ishq bilan ilohiy ishq omuxta bo’lib ketgan sevgi qissasi sujetiga Mulkoro, Boniy, Moniy, Qoran, Suhaylo, Suqrot, soxta oshiq obrazlarini olib kirdi, ajdarho, Axriman dev, sher, temir paykar kabi folklor elementlarini dostonga kiritib, ularga tasavvufiy ma’nolarni yukladi.