KUSHON PODSHOLIKLARI DAVRIDA SURXON VOHASI
Keywords:
Shimoliy - g'arbiy Baqtiriya, Kushon podsholigi, madaniyat, arxitektura, xususiyatlari, tarix, amaliy sanʼat.Abstract
Kushon podsholigi — o'zbek davlatchiligi tizimidagi qadimgi davlat (miloddan avvalgi 1—3 asrlar) miloddan avvalgi 1-asrning 1-yarmi yoxud o'rtalarida Kushon mulkining yuksalishi natijasida vujudga kelgan. Massagetlar (Xitoy yilnomalarida — yuyechji) miloddsn avvalgi 140-yillarda Sirdaryo ortidan Baqtriyat kelib, saqlarni yenggan va Yunon-Baqtriya podsholigi o'rnida bir asr davomida 5 qabilaga bo'linib yashagan. Shundan so'ng, kushon (Xitoy yilnomalarida guyshuan) qabilasi jabg'usi Kujula Kadfiz I miloddan avvalgi 1-asrda qolgan 4 qabilani bo'ysundirib, o'zini hukmdor deb eʼlon qilgan. Kushon podsholigi davrida madaniy hayot va arxitektura ham ancha rivojlangan. Ushbu maqolada, shimoliy - g'arbiy baqtiriyada Kushon podsholigi madaniy arxitekturasi va uning asosiy xususiyatlari haqida fikr va mulohazalar qilinadi.