SOCIAL PEDAGOGICAL ACTIVITIES IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS
Keywords:
tug’libdiki, ijtimoiy, pedagogik, jumladanAbstract
Inson tug’libdiki, u muhit, atrofdagi odamlar va uni o’rab turgan borliq bilan hamohang ravishda o’sadi, ulg’ayadi. Individ sifatida tug’ilgan bolaning shaxs bo’lib shakllanishida ijtimoiy, biologik muhitlar bilan bir qatorda ta’lim-tarbiya deb ataluvchi muhim omil ham katta ahamiyat kasb etadi. Ta'limning asosiy vazifasi - har bir bolaga uning psixofizik imkoniyatlarini hisobga olgan holda, unga jamiyatda adashib qolmaslik, hayotda o'z o'rnini topishga yordam beradigan, shuningdek, uning potentsial qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradigan ta'lim va tarbiya darajasini berish, ya'ni. ta'limni individuallashtirish orqali shaxsni rivojlantirish vazifasi birinchi o'ringa chiqadi.inson ma’lum jamiyatda rivojlanishni albatta bu muhit sharoitllariga, uning qonuniyatlariga bo’ysunishdan boshlashi lozim. Zeroki, inson o’zini qay bir makon va zamonda erkin his etar ekan u o’z imkoniyatlarini qo’llagan holda yangi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi va shu maqsad uchun olg’a intiladi. Shaxsning o’zi tehsil olayotgan yoki mehnat faoliyatini olib borayotgan muhit sharoitiga moslashuvi va qobiliyatlarini namoyon etsishida bugun yangi, ammo juda muhim soha hisoblangan ijtimoiy pedagogic faoliyat juda muhim o’rin egallaydi. Ta’lim muasassasidagi ijtimoiy pedagoglar faoliyati o‘quvchining o‘z imkoniyatlariga tayangan holda, kelajakka yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish tendensiyalariga asoslanadi. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat - bu bolaga (o’spirin) o’zini tashkil qilishda, uning psixologik holatida, oilada, maktabda, jamiyatda normal munosabatlarni o’rnatishda yordam berishga qaratilgan ijtimoiy ish, shu jumladan pedagogik faoliyat