JISMONIY TARBIYA, GIMNASTIKANING SALOMATLIK UCHUN HAMDA TA’LIM VA TARBIYAVIY AHAMIYATI

Authors

  • B. Dj. Davrambekov Toshkent arxitektura-qurilish universitéti oʼqituvchisi

Abstract

Mashg‘ulotlar jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi. Gimnastika darslari, odatda, yaxshi intizom, qa’tiy tartib bilan ajralib turadi, chunki mashqlar sanoq yoki musiqa jo ‘rligida bajariladi. Gimnastika mashg‘ulotlarida turli harakat faoliyatiga va bu harakatlami fazoda, vaqt birligida va muskul kuchlanish darajasi bo‘yicha aniq bajarishga o‘rgatildi. Maktab yoshidagi bolalami o‘z harakatlari barcha parametrlarida aniq baholay olishga, tananing turli qismlari harakatlarini boshqara olish va eslab qolishga o‘rgatish lozim. Keksa yoshdagi kishilar e’tiborini harakat aniqligiga qaratishlari va ulami bajarish uyg‘unligini asta - sekin murakkablashtirib borishlari tavsiya qilinadi. Shu maqsadda gavdaning alohida qismlari bilan o‘rganilayotgan harakatlami bir necha qismlarga va kombinatsiyalarga (8-16 sanoqqa) birlashtirish tavsiya etiladi. Bunday mashqlar o‘rganilayotganda eslab qolish va bajarilayotgan harakat faoliyatini anglash qobilyati rivojlanadi, shug‘ullanuvchilaming mxiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatiladi. Asosiy gimnastika mashg‘ulotlari jarayonida aqliy ta’lim va jismoniy ta’lim hamda jismoniy tarbiya muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. P.F.Lesgaft o‘zining maktabida gimnastika tizimi haqida gapirib, quydagicha yozgan edi: aqliy va jismoniy ta’lim o‘zaro shunday chambarchas bog‘liqki, ular maktabning ajralmas vazifasini tashkil qilishi lozim, chunki har qanday bir tomonlama rivojlanish uchun sharoit yaratmaydi. Shunday qilib, asosiy gimnastika mashg‘ulotlari jarayonida har tomonlama umumiy jismoniy tayyorgarligi tarbiyalanadi. Hayotiy zarur bo‘lgan harakat malakalarini shakllantirish va aksari harakatlar texnikasi asoslariga o‘rgatish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilish mumkin. Asosiy gimnastika sportga o‘tishning tayyorlovchi bosqichi bo‘lib xizmat qiladi.

Downloads

Published

2023-06-10

How to Cite

B. Dj. Davrambekov. (2023). JISMONIY TARBIYA, GIMNASTIKANING SALOMATLIK UCHUN HAMDA TA’LIM VA TARBIYAVIY AHAMIYATI. E Conference Zone, 1–4. Retrieved from http://econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/2257

Issue

Section

Articles