O‘ZBEKISTONDA O‘SADIGAN DORIVOR O‘SIMLIKLARDAN ESKTRAKSIYA USULI BILAN EFIR MOYLARINI OLISH

Authors

  • Sharipova Nasiba O‘ktamovna Assistent, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, Buxoro, O‘zbekiston
  • Amonova Nilufar Rizayevna BMTI “NGT” fakulteti 200-21 NGT guruhi talabasi, Buxoro, O‘zbekiston

Keywords:

jumladan, moddalar, moylarining, Mazkur

Abstract

O‘zbekiston hududida juda ko‘p efir moyli dorivor o‘simliklar o‘sishini inobatga oladigan bo‘lsak, biz izlanuvchilar ga qaramay, bu borada tadqiqotlar uncha yetarli emas. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston farmatseftika sanoatining efir moylariga bo‘lgan talabi katta bo‘lib, bu mahsulot asosan chetdan qimmat narxlarda keltiriladi. Shuning uchun dorivor o‘simliklarni yetishtirish, hamda ulardan biofaol moddalarni ajratib olish muhim ahamiyatga ega bo‘lib qolmoqda. Bu borada samarali yo‘llardan biri dorivor o‘simlik xom ashyosidan efir moylarini sirt faol moddalar (SFM) ishtirokida ekstraksiyalashdir . Bu yo‘nalishdagi izlanishlar juda oz bo‘lib, hali ko‘p tadqiqotlar olib borishni talab etadi. Efir moyli o‘simliklar bargi va urug‘idan sirt faol moddalar ishtirokida efir moylari ajratib olish hamda ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish dolzarbligi bilan ajralib turadi. Hozirgi davrda tibbiyotda ishlatiladigan dori vositalarining qariyb uchdan bir qismini o‘simliklardan olinadigan dorivor vositalar tashkil etadi. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarning kimyoviy farmatseftika zavodlarida turli dori turlari (surtma dorilar, malhamlar, xab dorilar va hokazo)ga mansub 50 ga yaqin efir moylari bo‘lgan dorilar ishlab chiqariladi. Keyingi yillarda efir moylari va ularning alohida komponentlariga bo‘lgan talabning oshib borishi tufayli ularni ishlab chiqarish muhim dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Hozirgi davrda yangi dori vositalarini yaratish uchun farmatseftlar tomonidan sintetik moddalar ko‘plab qo‘llanilmoqda, ammo shunga qaramay bu borada tabiiy moddalar, jumladan, efir moylarining ahamiyati ancha yuqori bo‘lib turibdi. Efir moylari biologlar, mikrobiologlar, immunologlar, pul’manologlarning diqqatini jalb qilmoqda. Mazkur ish aynan mana shu muammoni engillashtirishga qaratilgan. Ishning maqsadi rayhon bargidan efir moylarini suv va sirt faol moddalar (SFM) ishtirokida o‘simlik xom ashyosidan ajratib olish hamda ularning fizik-kimyoviy xossalarini taqqoslashdan iborat

Downloads

Published

2022-04-07

How to Cite

Sharipova Nasiba O‘ktamovna, & Amonova Nilufar Rizayevna. (2022). O‘ZBEKISTONDA O‘SADIGAN DORIVOR O‘SIMLIKLARDAN ESKTRAKSIYA USULI BILAN EFIR MOYLARINI OLISH. E Conference Zone, 281–283. Retrieved from http://econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/278

Issue

Section

Articles

Most read articles by the same author(s)