YOSH BOLALARDA QO‘RQUV, DEPRESSIYA VA JAHLDORLIKNING ORTISHI SABABLARINI OLDINI OLISHDA HARAKATLI O`YINLARNING O`RNI
Abstract
Nima uchun uzoq o‘tmishdan beri xalq harakatli o‘yinlarnga bunday beqiyos ahamiyat berib kel ingan? Ularni ichki va tashqi mohiyati nimadan iborat? Nima uchun bugungi kunda ham ta’lim-tarbiya muassasalarida, sport maktablarida va sog‘lomlashtirish maskanlarida xalq harakatli o‘yinlari fan sifatida o‘quv-mashg‘ulot reja-dasturlaridan joy olgan? degan o‘rinli savollar tug‘iladi.Gap shundaki, 1891 yilda ilk bor basketbolni ixtiro qilgan kollej o‘qituvchisi amerikalik Djeyms Neysmit, 1895 yilda birinchi bo‘lib voleybolni yaratgan va kollej talabalari o‘quv faoliyatnga joriy yetgan Uilyam Morgan (AQSH)lar hamda mazkur yo‘nalishda ilmiy izlanishlarni olib borayotgan ko‘plab mutaxassis-olimlar tadqiqotlarnga qaraganda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida doimo gimnastika, yugurish kabi standart mashqlar bilan shug‘ullanish asab-nerv organlarnga salbiy ta’sir ko‘rsatar yekan, bir xillik xususiyatnga ega bunday standart (stereotip) mashqlar mushak to‘qima va tolalarida tezroq toliqish alomatlarini yuzaga kel tirar yekan.