YANGI RENESSANS SHAROITIDA PEDAGOGIKA TA’LIM SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM DOLZARB MASALALARI
Keywords:
Renessans, pedagogika, modul’-kredit, xalqarolashuvAbstract
Bugun yangi O’zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Respublikamiz Prezidentining 2020 yil 30 sentyabrda “O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi”da “Biz keng ko’lamli demokratik o’zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O’zbekistonda yangi Uyg’onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o’zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak”, tarzida strategik vazifa belgilab berildi. Ta’lim islohotlari orqali O’zbekistonda yangi Uyg’onish davri uchun poydevor yaratish o’zo’zidan yangi Renessans sharoitida pedagogika ta’lim sohasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilab olishni taqozo etadi.