YARIMO‘TKAZGICH MONOKRISTALINI O‘STIRISH.
Keywords:
Kristall, segregatsiya, effektiv, konteynerAbstract
Yarimo’tkazgichlar texnikasi materialshunosligi sohasida mikroelektronika fotoelektrik qurilmalar optoelektronika, termoelement, termobatareyalar, termogeneratorlar sanoatida: elektr ta’minoti ustqurilmalarda qo‘llash mumkin bo‘lgan kichik tok manbalar, quyma namunalardan, temperaturaga , bosimga, deformatsiyaga doir sezgir datchiklar yaratish mumkinligi, termoelektrik tok manba (generator) larini yaratish fan-texnikada, xalq ho‘jaligida foydalanish dolzarb ekanligi tasdiqlangan. Shu bois yarim o’tkazgich termoelektrik materiallarni olish texnologiyasi asosida maxsus qurilma yordamida qotishma, quyma namunalar olinishi va yarimo’tkazgich monokristalini o’stirish holatlarini bayon etamiz.