MUQANNA QO’ZG’OLONI VA UNING OQIBATLARI
Keywords:
Muqanna, Som qal’asi, Buxoro, NarshaxiyAbstract
Ushbu maqolada Movarounnahr va Xurosonda arab bosqiniga qarshi ko’tarilgan yirik qo’zg’olonlardan biri “Oq kiyimlilar” qo’zg’oloni xaqida ma’lumot keltirilgan. VIII asrning 70-80- yillarida Movarounnahrda ko’tarilgan bu qo’zg’olon raxbari Hoshim ibn Hakim ismli shaxs bo’lib, u xalq orasida Muqanna ya’ni “Niqobdor” nomi bilan shuxrat qozongan. Muqanna qo’zg’oloni o’z davrining eng qudratli davlati bo’lgan xalifalikni larzaga soladi. Bu qo’zg’olon xalifalik kuchini zaiflashtiradi va boshqa o’lkalarda ham ozodlik harakatlarining boshlanishiga turtki bo’ladi.