MENEJER SHAXSINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATI
Keywords:
Menejer, boshqaruv, muloqot, rag`batlantirishAbstract
Hayotimizga biznes, tadbirkorlik, marketing, menejment kabi tushunchalar ko`proq kirib borayotgan bir vaqtda oliy o`quv yurtlarining bitiruvchilari yuksak kasb mahoratiga ega bo`lishi bilan bir vaqtda o`z atrofidagi shaxs psixologiyasini yaxshi bilishi hamda ijtimoiy psixologiya asoslari va menejment sohasini yaxshi tushunib olishlari kerak. Menejer tushunchasi tobora hayotimizga kengroq kirib borar ekan, Oliy o`quv yurtlaridagi ta’limning asosiy vazifalaridan biriga talabalarning ijtimoiy psixologiya asoslari bo`lgan boshqaruv psixologiyasi haqida to`laroq tushuncha berish lozim. Negaki ishlab chiqarishni tashkil qilish, unga rahbarlik qilish menejerlarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Yuqoridagilarga asoslanib, shuni ta’kidlash lozimki, har bir yetuk mutaxassis yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga hamda odamlar bilan muloqotga kirishimlilik fazilatiga ega bo`lishi lozim.