IQTISODCHILARGA EHTIMOLLAR NAZARIYASI VA MATEMATIK STATISTIKANI “AMALIY-KASBIY YOʼNALTIRILGANLIK” KONSEPSIYASI ASOSIDA OʼQITISHNING AHAMIYATI
Keywords:
ehtimollar nazariyasi, matematik statistika, iqtisod, amaliy-kasbiy masalalarAbstract
Iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirish iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda matematika fanlarini oʼrganish, xususan ehtimoliy-statistik usullarni oʼzlashtirish bilan bevosita bogʼliq. Shuning uchun talabalarning iqtisodiy tafakkurini rivojlantirishda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika muhim o’rin egallaydi. Ushbu fanni o’qitishning ham o’z muammolari yetarlicha. Ushbu maqolada ehtimollar nazariyasi va matematik statistikani “amaliy-kasbiy yoʼnaltirilganlik” konsepsiyasi asosida oʼqitishning dolzarbligi asoslangan va bu jarayonni amalga oshirishning mexanizmlari yetarlicha misol va masalalar bilan birgalikda keltirib o’tilgan.