HALIMA AHMEDOVA SHE’RLARIDA TUYG’ULAR ISYONI VA TABIAT HODISALARINING MUTANOSIBLIGI
Abstract
Inson ruhiy dunyosini to‘la tadqiq etish, o‘rganib nihoyasiga yetkazish aslo mumkin emas. Olam sir-u sinoatga qanchalik boy bo‘lsa, odamzod ruhiy dunyosi ham shunchalik murakkab va chegarasiz. Mana shu murakkablik va cheksizlik manzaralari ham rangindir. Shuning uchun haqiqiy shoir o‘zini inson qalbi va ruhining muhofizi, musavviri deb his qiladi. Uni har qanday qo‘pol, tashqi ta’sirlardan himoya qilish uchun kurashadi. Inson ko’ngli va ruhiy hayotini tadqiq etgan ijodkorlar, sirtdan qaralganda, tashqi voqelikdan yiroqlashganday ko‘rinadi.


