DUNGAN XALQI ETIMOLOGIYASINING SHAKLLANISH TARIXI
Keywords:
Abstract
Ushbu maqolada Markaziy Osiyo bilan din, til, madaniyat va boshqa jihatlar bilan o’zaro bog’liq bo’lgan dungan xalqi, quyidagi so’zning tarixiy etimologik jihatdan shakllanish tarixi hamda hamda bu xalq tomonidan amalga oshirilgan migratsion jarayonlar va ularning yuzaga kelishiga sabab bo’lgan omillarni yoritib berishga harakat qilindi. Bugungi kunda ham O’zbekistonning turli hududlarida ko’plab dungan millatiga mansub insonlar yashab kelishmoqda. O’zbek va dungan xalqi qadim tarixdan bir biri bilan ham diniy, ham madaniy jihatdan bog’liq bo’lgan, har xil udum va marosimlardagi o’shashliklar ham buning yaqqol misolidir. Ushbu omillar xalqlarimiz o'rtasida tinchlik, do'stlik va totuvlikni nazarda tutadi. Aynan shu o'zaro manfaatli va o'zaro boyituvchi hamkorlik jahon hamjamiyati oldida turgan ustuvor vazifalar va global muammolarni hal qilishga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, maqolaning dolzarbligi dungan xalqining Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o’zbeklar bilan o’zaro ta'sirini ilmiy tushunishni, zamonaviy jamiyatda modernizatsiya jarayonida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklar va hal qilinmagan muammolarni tahlil qilish zarurligidan iborat.