XORAZM VILOYATI TUPROQ - IQLIM SHAROITIDA RASTOROPSHA SILYBUM MARIANUM (L. GAERTN.) NAVLARINING
Abstract
Ma’lumki, dorivor o’simliklarni qishloq xo’jaligida madaniy o’simliklar qatoriga kiritish – o’simliklarning tabiiy genetik resurslarini muhofaza qilish va saqlab qolish, shuningdek, yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklar bilan qiyoslaganda yuqori va sifatli hosil olish va xom ashyo zahirasini tayyorlash tushuniladi. Lekin ayrim dorivor o’simliklarning ekin maydonlarini kengaytirish va yetishtirish jarayonida bir qator qiyinchiliklarga, jumladan, dorivor o’simliklar hosilining pastligi sababli urug’larining yetishmasligi, dorivor o’simlik biologik xususiyatlarining cheklanganligi, gullash, hosil tugush va pishib yetilish davrining cho’ziluvchanligi kabi muammolar uchrab turadi. Ana shunday dorivor o’simlik turlarining birlamchi urug’lik tizimini takomillashtirish va ko’paytirish dolzarb masaladir [1,2].