BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING MA’NAVIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA AUDITORIYADAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNING O‘RNI
Abstract
Mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati ma’naviy barkamol, ruhan yetuk shaxslar jamiyati bo‘lishi ham bu masalaning dolzarbligini ko‘rsatadigan omillardan biridir. Shuningdek, jamiyatimizga yot bo‘lgan kuchlar: terroristlar, diniy aqidaparastlar va boshqa buzg‘unchi g‘oyalarni tashuvchilar asosiy e’tiborni yoshlarni o‘z tomonlariga ag‘darib olishga harakat qilmoqdalar. Ma’naviyatga qilingan tahdid mamlakatni inqirozga olib kelishi mumkin. Bu haqda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday yozadi “Nega deganda, insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo‘ravon va tajavuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi”.