FRANSUZ REALIZMI PROZASIDA ROMAN JANRINING TUTGAN O`RNI VA USLUBIY TAMOYILLARI
Keywords:
roman, janr, adabiyot, proza, filologiya, realizm, ma`naviyat, obraz.Abstract
Ushbu maqolada fransuz roman janrining kelib chiqishi va rivojlanishi, roman uslubining o`ziga xos xususiyatlarini o`rganishni maqsad qilib olgan ekanmiz, xususan bu davrning yirik yozuvchisi Onore de Balzakning asarlarini tadqiqot obyekti tarzida tanladik. Mavzuning dolzarbligi sababi Balzakning qator asarlarini tahlil qilish borasida Fransiyada XVIII-XIX asrlardagi turmush tarzi, xalqning madaniy va ma`naviy merosi, insonlar orasidagi o`zaro munosabatlar, oila hamda turmush tushunchasi va qadr-qimmati, o`sha davr tuzumining xalq hayotiga bo`lgan ta`sirini o`rganishdir.