JISMONIY SHAXSLAR DAROMADLARINI SOLIQQA TORTISHDA XORIJIY MAMLAKATLARNING ILGʻOR TAJRIBALARI
Abstract
Soliqlar paydo boʻlganidan buyon turli mamlakatlarda turlicha koʻrinish kasb etib, har bir mamlakat oʻz soliq tizimining har tomonlama mukammal boʻlishiga intiladi. Ammo, shunday boʻlsada bir mamlakat uchun maqbul hisoblangan soliqqa tortish tizimi boshqa bir mamlakatga mutlaqo toʻgʻri kelmaydi yoki qoʻllashga u yoki bu sabablar toʻsqinlik qiladi. Shunday boʻlsada, soliq turlari boʻyicha tadqiqotlar olib borilganda xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish, ularni respublikamizda qoʻllash mumkin boʻlgan tomonlarini ilmiy asoslagan holda ochib berish muhim ahamiyat kasb etadi.