O`LMAS UMARBEKOVNING “FOTIMA VA ZUHRA” ROMANIDAGI PERSONAJLARNING NUTQ TIPOLOGIYASI HAQIDA
Keywords:
nutq tipologiyasi, dialog, monolog, personajlar, ichki kechinmalar, ijtimoiy mavqe, badiiy til.Abstract
Ushbu maqolada O`lmas Umarbekovning “Fotima va Zuhra” romanida personajlar nutqining o‘ziga xos tipologiyasi o‘rganiladi. Asarda nutq turlari orqali qahramonlarning ichki kechinmalari, ijtimoiy mavqelari va xarakterlari yoritib berilgan. Dialoglar va monologlar vositasida asar voqealari rivojlanib, personajlarning ichki dunyosi, ularning bir-biri bilan o‘zaro aloqalari aniqlanadi. Roman tilining badiiyligi va o‘ziga xosligi ham personajlar nutqida namoyon bo‘ladi, bu esa kitobxonni qahramonlar hissiyotlarini chuqurroq tushunishga undaydi.


