SOF PEYZAJ LIRIKASIDA BADIIY IFODA
Abstract
Badiiy asar va uning qonuniyatlariga befarq bo`lmagan yunon faylasuflaridan biri Arastu ijod namunalarining barchasi o`xshatish (mimesis) san`atidan o`zga narsa emas; ular o`zaro uch jihatdan: (1) tasvirlashning turli vositalari bilan, (2) nima tasvirlanayotgani bilan, (3) rang-barang o`xshatish usullari bilan farqlanashi1, haqida o`zining “Poetika” asarida yozib qoldirgan edi. Lirik asarlarni o`rganish jarayonida ularga xos spetsifistik xususiyat – kechinmaning asosiy tavsif markazida turishi bu turdagi barcha janrlarda umumiy qonuniyat tarzida belgilanishiga guvoh bo`lamiz. Xususan, tavsifiy lirikaning faol yo`nalishlaridan sanalgan peyzaj lirikasi ijod jarayoni paydo bo`lgandan to bugungi kunga qadar, o`quvchiga estetik zavq berish barobarida lirik subyektning tabiat tasviri vositasida hissiy munosabatini ifodalash uchun ham xizmat qiladi.