OSKAR UAYLD ASARLARIDA PEYZAJ SAN’ATINING O`RNI HAMDA “DORIAN GREY PORTRETI” ASARIDAGI BA’ZI CHIZGILAR
Keywords:
badiiy adabiyot, Oskar Uayld asarlarida peyzaj san’ati, Bulbul va gul, Dorian Grey portretiAbstract
XX asr jahon adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan taniqli yozuvchilardan biri Oskar Uayld ijodidagi peyzaj san’ati haqidagi ba’zi chizgilarni kòrib chiqamiz. U ózining yuksak badiiy mahorati hamda yaratgan betakror asarlari bilan ingliz xalqi ma’naviyatining yuksalishida alohida òrniga ega. Asarlarida o`sha davr muhitini, ijtimoiy hayot masalalarini, hayot haqiqatini murakkabligicha va to`laligicha, ziddiyatlari bilan boricha namoyon etish, o`tkir ijtimoiy masalalarni dadil ko`tarib chiqishi shuningdek, insonlarning qalbidagi his-tuyg`ularini hamda murakkab tabiatini ya’ni uning shuurini, olovini osongina ravon va sodda til orqali qalamga olib tasvirlashi adib ijodiyotining asosiy xususiyatlaridan biridir.