HUJJATLARNI QALBAKILASHTIRISH YOKI SOXTALASHTIRGANLIK BILAN BOG’LIQ JINOYATLARNING AYRIM XUSUSIYATLARI

Authors

  • Sadullayev Jaxongir Djamshedovich (TDYU, Toshkent)

Keywords:

mana, tizimining, qonuni, alohida

Abstract

Xujjatlar jamiyatda insonlar o’rtasidagi olib boriladigan ijtimoiy munosabatlarning asosiy harakatlantiruvchi vositasi sifatida qadimdan odamlar orasida foydalanilib kelmoqda. Insonlar o’zaro munosabatga kirishgan paytlarda dastlab, o’zlari uchun kerak bo’lgan barcha holat va ma’lumotlarni eslab qolish qiyinchilik tug’dirmagan. Biror voqea, hodisa, vaziyat yoki ma’lumotni saqlab qolish uchun ushbu jarayonda shohid bo’lgan kishilar guvoh sifatida foydalanilgan va tabiiyki bu ma’lumotlarni saqlash uchun hujjat yoki shu kabi vosita talab qilmagan. Hujjatlar hozirgi kunda jamiyaning, shubhasiz barcha sohasining asosigacha yetib borgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Hukumatning barcha muhim ma’lumotlari hamda davlatning ayni damda xalq bilan o’zaro aloqaga kirishishini tasdiqlovchi asosiy dalil sifatida yuzaga chiqayotgan ushbu tizimning qanchalik muhim hamda dolzarb ekanligini ta’kidlash joizdir. Aynan mana shu jihati ham hujjatlar bilan ishlash tizimining jinoyat qonuni bilan alohida tartibga solinishini talab etadi.

Downloads

Published

2022-04-25

Issue

Section

Articles

How to Cite

HUJJATLARNI QALBAKILASHTIRISH YOKI SOXTALASHTIRGANLIK BILAN BOG’LIQ JINOYATLARNING AYRIM XUSUSIYATLARI. (2022). E Conference Zone, 116-118. https://econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/702