LINGVISTIK QOBILIYAT KONSEPSIYANING TA’RIFI VA STRUKTURANING TUZILISHI
Keywords:
psixolingvistika, zamonaviy psixologiya, lingvistik qobilyatlar,komponentlar, til,kognitiv determenantlarAbstract
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari jarayonida oʻqituvchi faoliyatiga qoʻyiladigan talablar uning ham kasbiy, ham shaxsiy faoliyati bilan bog‘liq masalalarni roʻyobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning zamonaviy oʻqituvchi timsoliga bergan tavsifida bu masalaning turli xil jabhadan koʻrish mumkinligi, oʻqituvchi timsoli zamon talabi darajasida kamol topishi hamda boshqalar uchun oʻrnak boʻla olishi qayd etiladi. Hukumatimiz tomonidan bugungi ta’lim jarayoniga qoʻyilgan yuksak talablar oʻqituvchi faoliyatini yanada chuqurroq oʻrganish bilan birga uning oʻziga xos ijtimoiy-psixologik jihatlarini tadqiq qilishni ham e’tibordan chetda qoldirib boʻlmasligini taqozo etmoqda.