AN’ANAVIY IJROCHILIKDA USTOZ-SHOGIRDLIK AN’ANASI
Abstract
Hayotda yozilmagan, ammo unga amal qilinmasa, xunuk oqibatlarga olib keladigan qonunlar bor. Shulardan biri ustoz va shogirdlik an’anasidir. Xalq orasida ustoz va shogirdlik odobi, qadriyati, muloqot shartlari, yozilmagan qonunlar shaklida million yillardan buyon yashab, kamolga yetib, rivojlanib kelayotir. Biron bir kasb egasi yoʻqki, u ustoz koʻrib kamolga yetmagan boʻlsin. Ustoz va shogirdlik rishtalari juda nozik boʻlib, sal qaltis harakat qilinsa, uzilishi, keyin ulanganda ham tugun qolishi mumkin. Ushbu maqolada an’anaviy ijrochilikda ustoz-shogirdlik an’anasining o‘ziga xos jihatlari tahlil etilgan.