NOTO’LIQ OILANING O’SMIR SHAXSIYATI VA XULQ-ATVORINING RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Keywords:
noto‘liq oila, funktsional to‘liq bo‘lmagan oila, o‘smir, o‘smir shaxsiyati ota-ona, muvaffaqiyatsiz oila.Abstract
Bolalar tarbiyasida namunali oilalar bilan bir qatorda bolalarga moddiy sharoit yaratish bilangina chegaralanadigan, bolaning tarbiyasi, uning kelajagi haqida oʼylamaydigan, eʼtibor bermaydigan noto`liq oilalarni ham uchratish mumkin. Oila aʼzolarining ajralishlari yoki ota va onaning birini vafot etishi natijasida noto`liq oilalar paydo boʼladi. Oila aʼzolaridan birining bola tarbiyasida qatnashmasligi qator obʼektiv qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Natijada bola tarbiyasi bilan shugʼullanuvchi onaning zimmasiga ikkita ogʼir vazifa: oʼz qaramogʼida qolgan bolalarni moddiy jihatdan taʼminlash va ularning tarbiyasi uchun javobgar boʼlish masʼuliyati yuklanadi. Bundan tashqari yolgʼiz ona juda katta ruhiy qiyinchilikni hamda bolalar tarbiyasiga doir katta javobgarlikni his qila boshlaydi.