MAVJUD IZOHLI LUG‘ATLARDAGI “KAMSITISH” SEMALI SO‘ZLAR TAVSIFLARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Authors

  • Qaxramonova Sevara Qaxramonovna Shahrisabz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
  • B. R. Mengliyev Toshkent amaliy fanlar universiteti professori taqrizi asosida

Keywords:

Kamsitish, haqorat qilish, barqaror birikmalar, pometa, so‘kinish, lug‘at maqolasi, izohli lug‘atlar.

Abstract

Joriy izohli lug‘atlarda muayyan shaxsni kamsitish, uni haqorat qilishni ifodalovchi til birliklari bosh so‘z vazifasida ham, shu so‘z ishtirokidagi barqaror birikmalar shaklida ham keltirilgan. Ularning aksariyati uslubiy belgini ko‘rsatuvchi maxsus pometalar bilan berilgan. Shuningdek, ularning izohida “haqorat qilishni ifodalaydi”, “so‘kinishni bildiradi” kabi jumlalar vositasida bunga aniqlik kiritilgan. Bu kabi izohlar “kamsitish” semasi til birligining bosh ma’nosida yoki hosila ma’nosida bo‘lishidan qat’i nazar lug‘at maqolasiga kiritilganligini ta’kidlash lozim. Shuningdek, muloqot vaziyati, til egalarining tushunishida haqorat va kamsitish ma’nosini ifodalaydigan, ammo lug‘at maqolasining izoh qismida bu haqida ma’lumot berilmagan va, tabiiyki, maxsus pometa bilan ajratilmagan til birliklari ham mavjudligini ta’kidlash lozim.

Downloads

Published

2024-06-07

Issue

Section

Articles

How to Cite

MAVJUD IZOHLI LUG‘ATLARDAGI “KAMSITISH” SEMALI SO‘ZLAR TAVSIFLARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. (2024). E Conference Zone, 1-7. https://econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/2853