SHAXS FAROVONLIGI INDEKSINI IJTIMOIYPSIXOLOGIK ASOSLARI
Keywords:
Farovonlik indeksi, xalqaro reyting, natijaAbstract
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi mamlakatning iqtisodiy-siyosiy o‘sishining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Inson farovonligi va rivojlanish indeksi (Human development index, IFRI) – bu bir yil davomida YaIMning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ulushi, aholining savodxonlik darajasi, uzoq umr ko‘rish da- vomiyligini baholaydigan ko‘rsatkichdir. U standart o‘lchov sifatida turli hududlar va mamlakatlar hayoti o‘lchovi hisoblanadi. Uning natijalari ilmiy maqolalar va statistik to‘plamlarda beriladi. Bu indeks o‘lchov sifatida birinchi bor 1990 yil po-kistonlik Mahbub ul-Hakim boshchiligida-gi iqtisodchilar guruhi tomonidan taqdim etilgan. Keyinchalik IFRIning konseptual tuzilishi Amar Senning faoliyati tufayli rivojlantirildi.