KO’ZNING KAMCHILIKLARI VA TIBBIYOTDAGI DAVO CHORALARI
Keywords:
Yorug’lik nuri, monoxromatik, ko’rish, presbiopiyaAbstract
Fan va Texnika tez su’ratlarda rivojlanayotgan davrda tibbiyot, radiologiya , mashinasozlik va boshqa sohalarda ko’plab yutuqlarga erishib kelinmoqda. Inson organizmiga tashxis qo’yish va davolashda ultratovush, rentgen, lazer nurlaridan foydalanib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda tabiatga ko’plab zarar yetkazilayotganligi tufayli ekalogiya zararlanib ketdi. Bu esa insonlar turli kasalliklarni keltirib chiqarmoqda. Ko’p holatlarda nasliy, ayrim holatlarda ekalogiyaning buzilganligi tufayli bolalar bilan bog’liq ko’z kasalliklari ko’paydi. Bolalar va kattalarda ko’p uchraydigan ko’z kasalliklariga miopiya, gipermetropiya, presbiopiya, katarakta, daltonizm, glaukoma, astigmatizm va boshqalar kiradi. Ko’rish qanday hodisa, nima sababdan inson uzoqni va yaqinni yaxshi ko’ra olmaydi va uni tibbiyotda tez va qulay davolash usullari kabi masalalarni hozirgi maqolamizda yoritamiz.