O‘SMIRLARDA KOPING STRATEGIYALARINING NAMOYON BO‘LISHI
Keywords:
qiyinchilikliklarni, sifatidagi, turgan, muommoliAbstract
O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga etish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga ta`luqli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. Shu sababli o‘smirlik davri «o‘tish davri», »krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. Ushbu davr o‘smirlar uchun ziddiyatga boyligi bilan ham ajralib turadi. O‘smirlarning ushbu ziddiyatli, muommoli va stressli viyatlardan chiqib ketishi esa ularning aynan qanday ko‘ping strategiyalarini tanlashiga bog‘liq. Kimdir ushbu jarayonda muommoni hal qiluvchi ko‘ping strategiyalarini tanlasa, yana kimdir muommodan qochuvchi yoki uni chetlab o‘tuvchi koping strategiyalarni tanalaydi. Ushbu jarayonlarni puxta o‘rganish esa bizlarga kelajakda o‘smirlar bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muommoli stressli vaziyatlarni oldini olishimizga yordam beradi. Koping xulq-atvor muammosi hamisha insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Zero, insonning har jihatdan ijtimoiy taraqqiyoti, shaxs sifatidagi faolligi va o‘zini o‘zi rivojlantira borishi ko‘p jihatdan ushbu jarayonga bog‘liq. Jamiyat a’zolari o‘zlarining ma’lum doiradagi psixologik imkoniyatlari, yutuq va kamchiliklari haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lsalar, bu ularning hayotda uchraydigan turli qiyinchilikliklarni osonlik bilan yenga olishga, o‘z imkoniyatlaridan yanada unumli foydalana olishga, o‘zlari haqida yanada chuqur, ijobiy va o‘ziga xos tasavvurlarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi