BAZALT TOLALALARNI TEMIRBETON KONSTRUKSIYALARDA QO‘LLASH
Keywords:
Beton, basalt, bazalt tolasi, fibrabetonAbstract
Temirbeton qurilish sanoatida asosiy konstruktiv element hisoblanadi. Yildan yilga unga talab oshib, xossalarini yaxshilab borish talab etilmoqda. Shuning uchun biz egilishga ishlovchi temirbetonning xossalarini yaxshilash uchun basalt tolalaridan foydalandik. Bu tolalar temirbetonga quyidagicha ta’sir qiladi: betonning mustahkamlik xususiyatlarini yaxshilash, yorilishga chidamliligini, zarba va ishqalanishga qarshiligini oshirish, betonning strukturasini yaxshilash orqali agressiv muhit ta'sirida konstruktsiyalarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirishga imkon beradi.